AVTOTEBRANISHLAR

AVTOTEBRANISHLAR — biror tizimda tashqi taʼsir ishtirokisiz yuzaga keladigan soʻnmas tebranishlar. Bunda tebranishlar amplitudasi va davri shu tizimning oʻz xususiyatlari bilan aniqlanadi. Avtotebranishlar shu xususiyati bilan amplitudasi va davri tashqi taʼsirga bogʻliq boʻlgan majburiy tebranishlardan farq qiladi. Avtotebranishlar vujudga keladigan tizimlar avtotebranma tizimlar deyiladi. Koʻpchilik hollarda avtotebranma tizimlar 3 asosiy element: tebranma tizim, tebranishlarni soʻndirmaslik uchun energiya manbai va manbadan tebranma tizimga energiya uzatilishini boshqaruvchi qurilmadan tashkil topadi. Mas, soatlarda bu 3 element — mayatnik, siqilgan spiral prujina va ankerli mexanizmdir. Avtotebranishlarga spiral prujina energiyasi yoki koʻtarilgan yuk energiyasi hisobiga ishlaydigan soatlar mayatnigining tebranishi, lampali generatordagi elektr toki tebranishlari va b. misol boʻla oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x