AVTOMAT SUGʻORGICH

AVTOMAT SUGʻORGICH — mollar ichgan sari idishga oʻz-oʻzidan suv yuborib turadigan moslama. Ishlash tarziga koʻra klapanli (qopqoqli) va vakuumli boʻladi. Tepkili, qalqovuchli turlari ham bor. Bir kosali, ikki kosali va koʻp kosali boʻladi. Qoramol tumshugʻi bilan kosadagi richagni bosganda klapan prujinasi qisilib, klapan ochiladi va kosaga suv tushadi, mol boshini koʻtarganda klapan suv yoʻlini bekitadi. Qalqovuchli Avtomat sugʻorgich sugʻorish nasosi va qalqovuchli kameradan iborat. Kamerada suv kamaysa, qalqovuch koʻtarilib, ignali klapan uyasidan chiqadi va suv naychalardan kameraga quyiladi. Vakuumli Avtomat sugʻorgich idishda suv sathining oʻzgarishiga asoslangan. U kosa va uning ichiga toʻnkarib qoʻyilgan idishdan iborat. Idishning tubida suv oqib chiqadigan teshik bor..

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x