ATMOSFERADAGI TEMPERATURA INVERSIYASI — atmosferaning maʼlum qatlamlarida t-raning balandlikka qarab orta borishi. Pastki chegarasi, qalinligi va inversiya quvvati (t-ralar farqi) bilan ifodalanadi. Atmosferadagi temperatura inversiyasi bulutlarning quyuqlanishiga, atmosferadagi vertikal harakatlarga va b. hodisalarga bevosita katta taʼsir koʻrsatadi. Quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Radiatsion inversiya; bunda yer sirti kuchli nurlanish natijasida qattiq soviydi, soʻngra Yerga yaqin havo qatlamining pastki qismi ham yuqori qismiga qaraganda kuchliroq soviydi va yer sirti yaqinida inversiya hosil boʻladi. Bunday jarayonlar sutkaning tungi soatlarida kuchli boʻladi. 2. Yerga yaqin inversiya; bunda iliq havo massasi sovuq sirt ustiga siljiganda uning pastki qismi issiqligining bir qismini yer sirtiga beradi, natijada Yerga yaqin havo qatlamida inversiya hosil boʻladi (mas, iliq dengiz havosining quruqlik ustida harakatlanishi). 3. Choʻkish inversiyasi; bu hodisa erkin atmosferada antitsiklonli ob-havoda koʻproq kuzatiladi. Bundan tashqari, sovuqhavo bilan iliq havoni ajratuvchi zonada frontal, togʻli hududlarda esa orografik inversiya hosil boʻladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии