Ateroskleroz: belgilari, sabablari, turlari va davolash usullari

Bosh miya qon tomirlari ateroskleroziAteroskleroz – yirik va o‘rta arteriyalarning aorta, yurak, miya, qo‘l va oyoqlar tomirlarining surunkali kasalligidir.

Ateroskleroz qanday kasallik?

Yosh o‘tgan sari tomirlar ichki devorida patologik o‘zgarishlar natijasida, yog‘ moddalari toshma ko‘rinishida to‘planib boradi. Ushbu aterosklerotik toshmalarda biriktiruvchi to‘qimaning o‘sishi va kalsiy tuzlarining to‘planishi hisobiga arteriya tomirlarining teshiklari asta-sekin torayib boradi. Og‘ir holatlarda butunlay yopilib qolishigacha yetib boradi. Bu esa o‘z navbatida kasallangan arteriya orqali qon bilan ta’minlanuvchi a’zo faoliyatini izdan chiqaradi. Bu jarayon qo‘yidagicha boradi. Qon tomirining ichki devorlari torayishi bilan undan ma’lum vaqt ichida o‘tadigan qon hajmi ham qamayadi. Va o‘z navbatida bu tomir qon bilan ta’minlaydigan a’zo ham, qon orqali normadan kamroq oziq moddalar va kislorod ola boshlaydi. Natijada a’zo o‘z vazifasini to‘liq bajara olmay qoladi, oziq moddalar yetishmasligi sababli esa asta-sekinlik bilan, to‘qimalari o‘ladi va yemirilib boradi.

Bundan tashqari, arteriya teshigi tromb bilan ya’ni quyuqlashib qolgan qon laxtasi bilan butunlay berkilib qolishi ham mumkin. Bunday jarayon tromboz deb ataladi. Trombozda ushbu arteriya oziqlantiradigan a’zoda keskin ravishda nekroz (chirish) jarayoni boshlanib ketadi. Miokard infarkti aynan shu kasalliklar toifasiga kiradi.

Aterosklerozni rivojlanish sabablari

Ateroskleroz ko‘pincha 50–60 yoshdagi erkaklarda va 60 dan oshgan ayollarda uchraydi.
Lekin kasallikning ancha oldin rivojlanish ehtimoli ham yo‘q emas, bunga giperxolesterinemiya sabab bo‘lishi mumkin. Giperxolesterinemiya bu qonda ortiqcha miqdorda xolesterin moddasining to‘planishidir. Ushbu modda kerakli miqdorda organizmda muhim rol o‘ynaydi. Aynan holesterindan jinsiy gormonlar yaratiladi, o‘t suyuqligini ham asosi bu moddadir. Yana D vitamini sintezi ham unga bog‘liq. Holesterin hayvon yog‘larida ko‘p bo‘ladi. Sog‘lom odam ko‘p miqdorda hayvon yog‘larini istyemol qilsa, odatdan ortiqcha holesterin organizmdan chiqarib yuboriladi. Biroq ayrim sabablarga ko‘ra bu jarayon organizmni ortiqcha zararli moddalardan tozala olmay qoladi. Bunday sabablar xilma-xil, masalan nasliy moyillik, arterial gipertenziya (yuqori qon bosimi), gipodinamiya (kamharakatlik), qonning quyuqlashuvi, qandli diabet va h.k. Chekish va semizlik ham bu kasallikka olib keladi. Bunday natijasida qon tomirlari ichki yuzasini yog‘ bosib ateroskleroz kasalligi rivojlanadi.

Ateroskleroz belgilari (simptomlari)

Tashqi ko‘rinishi – bemor yoshiga qaraganda keksaroq ko‘rinadi, vazni ortib ketadi.
Ksantomalar – xolesterinning terida sariq dog‘ ko‘rinishida (yunon. “ksantos”– sariq degani) to‘planishi. Odatda tirsak, qovoqlarda paydo bo‘ladi. Ksantomlar umumiy xolesterini juda yuqori bo‘lgan aterosklerozda nasliy giperxolesterinemiyada uchraydi.

Giperxolesterinemiya – qonda umumiy xolesterin miqdorining 5,2 mmol/l yoki 200 mg/dl (mg %) dan ortishi. Kasallikning nasliy shaklida bu ko‘rsatkich me’yordan 4–5 baravar ortib ketishi kuzatiladi.

Tananing qaysi a’zosi yoki qismi ko‘proq zararlanganligiga qarab ateroskleroz sabab bo‘lgan turli kasalliklarni farqlash mumkin. Ular alohida ham, birgalikda ham uchraydi.

Yurak arteriyalari, koronar arteriya aterosklerozi:

To‘sh yoki yurak atrofida og‘riq paydo bo‘lib, chap qo‘lga ham o‘tadi;
Yurak notekis uradi, muzlab qolganday bo‘ladi, tez-tez ura boshlaydi;
Jismoniy zo‘riqishlarda nafas bo‘g‘ilishi (q. Aritmiyalar, miokard infarkti, Yurakning ishemik kasalligi, Stenokardiya).

Bosh miya arteriyalari aterosklerozi:

  • Bosh aylanadi;
  • Xotira yomonlashadi;
  • Bosh og‘riydi insult rivojlanadi.

Oyoq arteriyalari aterosklerozi:

Arteriyalar urishi susayadi yoki tinib qoladi (son, tizza qopqog‘ining osti, tovon orqasi);
Boldir mushaklari zirqirab og‘rishi, yurganda og‘riq paydo bo‘lib, tinch holatlarda yo‘qoladi;
Oyoq kaftida yaralar paydo bo‘lishi, kasallikning so‘nggi bosqichlarida.

Buyrak arteriyalarining aterosklerozi:

  • Bosh aylanishi;
  • Bosh og‘rig‘i, qon bosimi ko‘tarilishi hisobiga.
  • Umumiy holsizlik.

Yuqorida tilga olingan xatar belgilari va omillari paydo bo‘lganda, yurak qon-tomir tizimi holatini tekshirish uchun shifokorga murojaat qilish zarur.

Ateroskleroz tashxisi, diagnostika

Muayyan kasallikka bog‘liq odatdagi umumiy tibbiy ko‘rik va tahlillar tayinlashdan tashqari, tashxis qo‘yish uchun lipid almashinuvi va yurak-tomir tizimining holatlari tekshirib ko‘riladi.

Lipid almashinuvini tekshirish.
Odam qonidagi xolesterin oqsil bilan birikkan bo‘ladi.
Bu moddalar lipoproteinlar deb ataladi. Eng so‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, odam tanasida xolesterin ikki asosiy ko‘rinish (fraksiya)da bo‘lar ekan:

Zichligi past lipoproteinlar. Aynan ular aterogen xolesterin paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi;
Zichligi yuqori lipoproteinlar. Ular ortiqcha holesterinni to‘plab ateroskleroz rivojlanishini oldini oladi.
Ateroskleroz paytida lipid almashinuvi buziladi. Yuqori qayd etilgan lipoproteinlar o‘rtasida muvozanat bo‘ziladi.
Muolaja uslub va vositalarini to‘g‘ri tanlash uchun eng kamida ikki asosiy ko‘rsatkichni aniqlash zarur:

Umumiy xolesterinning miqdori. Ya’ni organizmadagi barcha shakldagi holesterin;
Zichligi yuqori lipoproteinlardagi holesterin miqdori.

Olingan ma’lumotlar asosida aterogenlik koeffitsiyenti(Ka) hisoblab chiqiladi.
Garchi umumiy xolesterin miqdori me’yorda bo‘lsa ham, Ka 3,5 dan yuqori bo‘lgan chog‘ida ateroskleroz rivojlanishining xavfi yuqori hisoblanadi. Uning rivojlanishiga keng imkoniyat tug‘iladi.

Yurak-tomir tizimini tekshirish:

  • Elektrokardiografiya (shu jumladan, veloergometriya);
  • Dopplerografiya;
  • Reovazografiya;
  • Rentgenokontrastli angiografiya va boshqalar o‘tkaziladi.

Ateroskleroz kasalligini davolash

Ateroskleroz rivojlanishiga sababchi bo‘ladigan omillarga qarshi harakatlar davolash asosini tashkil etadi. Bunda chekishni tashlash, gipodinamiyani bartaraf etish jismoniy faollikni oshirish, jismoniy mashqlar qilish. Arterial bosim va qonda qand miqdorini nazorat qilish, rejim bilan ovqatlanish kerak. Shu qoidalarga rioya qilinganda, qonda xolesterin miqdorini mo‘tadillashtiruvchi maxsus dorilar ichish shart bo‘lmaydi.

Parhez. Ateroskleroz sekin, yillar davomida rivojlanadigan kasallik. Bu kasallikda bemor faqat, dorilar va muolajalar yordamida tuzalib ketaman deb o‘ylamasligi zarur. Hech qanday dori qon tomirlarini asl xoliga qaytara olmaydi. Bemor kishi o‘z sog‘lig‘iga har tomonlama e’tibor berishi va hayot tarzini keskin o‘zgartirishi kerak bo‘ladi. Bu kasallikka uchrashning o‘zi bemor, o‘tgan yillar davomida nosog‘lom turmush kechirganini bildiradi. Bular birinchi navbatda jismoniy harakatlar va parxezdir.

Aterosklerozda ovqatlanishning asosi – cheklovdir. Yog‘ va xolesteringa qattiq to‘yingan mahsulotlardan miya, jigar, buyrak, seryog‘ go‘sht, kolbasa, yog‘li sut va shu kabilardan voz kechish lozim.

O‘simlik yog‘lari va dengiz balig‘ining yog‘lari, yengil margarinlar, yong‘oqlar, yog‘siz sut mahsulotlari esa foydali hisoblanadi. Yog‘siz mol va parranda go‘shti, yog‘i olingan tvorog, haftasiga 2–4 tadan tuxum tavsiya etiladi. Ovqat tarkibida yog‘ ulushi kamayishi munosabati bilan quvvat kamayishining o‘rnini qoplash uchun uglevodlar ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ozuqa mahsulotlari, eng avvalo, sabzavot, ho‘l meva, yong‘oqlar, shuningdek, donli va shunga yaqin mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilish foydali.

Vitaminlar yetishmovchiligini kamaytirish uchun kunlik me’yordan oshmagan miqdorda multi vitaminli preparatlarni qabul qilish mumkin.

Aterosklerozda qo‘llaniladigan dori vositalari

Ushbu ma’lumotlar faqat tanishib chiqish uchun. Barcha dori vositalari shifokor ko‘rsatmasiga binoan tayinlanadi

Qonning lipid spektrini mo‘tadillashtiruvchi preparatlar (gipolipidemik vositalar) faqat shifokor tavsiyasi qo‘llaniladi. Lipid almashinuvi ko‘rsatkichlarini muolaja paytida laboratoriya nazorati ostida bo‘lishi zarur. Shifokorlar ko‘pincha qo‘yidagi dorilarni tayinlaydi. Statinlar – jigardagi xolesterin sintezini yo‘qotadi, fibratlar xolesterin darajasini pasaytiradi. Yana nikotin kislotasi preparatlari, lipid almashinuvini me’yorlashtiradi.

Statinlar: Atorvastatin (Atoris, Liprimar), Lovastatin (Mevakor, Medostaptin, Rovakor),  Pravastatin (Lipostat), Rozuvastatin (Krestor), Simvastatin (Vazilip, Zokor), Fluvastatin (Leskol).

Fibratlar: Bezofibrat (Xolestenorm), Fenofibrat (Lipantil), Siprofibrat (Lipanor).

Nikotin kislotasi preparatlari: Asipimoks, Enduratsin.

Efferent (sorbsion) terapiya

Aterosklerozning murakkablashgan shakllarida lipid almashinuvini mo‘tadillashtirish uchun efferent terapiyaning turli usullari qo‘llanadi. Odatdagi muolaja samarasizligi va umumiy xolesterinning miqdorining g‘oyat yuqoriligi bunga ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi.

Muolajaning sorbsion usullarida qon tanadan tashqarida joylashgan maxsus apparat yordamida zararli moddalardan tozalanadi. Apparat bemor qonini so‘rib olib uni, o‘z filtrlaridan o‘tqazib yana qaytadan organizmga jo‘natadi.
Lekin bu usulning ta’siri sezilishi bo‘lishi uchun muolajalarni ko‘p marotaba va o‘zoq muddat takrorlash talab etiladi.

kasallangan va normal qon tomirlari kesimi
Tomirlar ko’ndalang kesimi

Jarrohlik yo‘li bilan atersklerozoni davolash

Bu kasallikni jarrohlik yo‘li bilan davolash ham mumkin. Operatsiya kasallikdan to‘liq qo‘tilish uchun emas, balki zararlangan tomir ozuqa bilan ta’minlaydigan a’zoni ahvolini yengillashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu usul kasallik sababini bartaraf qila olmaydi lekin, ateroskleroz asoratlarini bir muncha yumshatadi.

Qon ta’minoti buzilishiga barham berish uchun aorta, yurak arteriyalari, bosh miya, buyrak, oyoqlarda turli xil jarrohlik ishlari bajariladi. Konservativ muolajaning samarasizligi va arteriya tomirining sezilarli darajada torayishi tufayli jarrohlik amaliyoti bajariladi. Rentgen aparati nazorat ostida tomirni teshish orqali kichik invaziv opreratsiya – ballonli angioplastika, stentirlash va boshqalar qo‘llaniladi. O‘ndan tashqari ochiq jarrohlik opreratsiyalari – protezlash, shuntlash, angioplastika ham qo‘llaniladi.

Ayrim hollarda lipid almashinuvini mo‘tadillashtirish uchun ingichka ichakning bir qismini olib tashlanishi mumkin. Yoki jigarni ko‘chirib o‘tkazish kabi jarrohlik ishlari bajariladi. Bunday aralashuvlarga xolesterin darajasining juda balandlashib ketishi va giperxolesterinemiyaning irsiy shakli sabab bo‘ladi. Zero ularni konservatik terapiya bilan tuzatishning iloji bo‘lmay qoladi.

Xalq tabobati usullari bilan aterosklerozni davolash

O‘rmon yong‘oqlari (leshinalar) va xurmoni muntazam iste’mol qilish ateroskleroz rivojlanishining oldini olishda yordam beradi.

Aterosklerozdan kelib chiqqan gipertoniya davosi uchun asalli yong‘oqni 45 kun davomida 100 gr dan iste’mol qilinadi. Dastlabki kunlarda 3 dona yong‘oqdan boshlash mumkin.

Sarimsoqpiyoz qaynatmasi ham foydalidir. Bunda: 1 stakan suvga bir bosh sarimsoqni solib, 1 daqiqa qaynatiladi, so‘ng sovutiladi. Kuniga 1–2 osh qoshiqdan ichiladi.
Yurak va tomirlarni sog‘lomlashtirish uchun sarimsoqpiyoz nastoykasi tavsiya etiladi: bir shisha aroqqa (0,75 l.)
1 choyqoshiq qirilgan sarimsoqpiyoz solinadi, qorong‘i joyga qo‘yib qo‘yiladi (yaxshisi, bemor yotgan karavot tagiga). Bir oy saqlanadi. Dokada suzib olinib, bir oy davomida kuniga 3 mahal 40 tomchidan ichiladi. Bir yildan keyin muolaja takrorlanadi. 200 gr yangi karafs ko‘kati, 200 gr asal aralashtiriladi va 5 daqiqa qaynatiladi. Bir hafta davomida kuniga uch mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

Choy o‘rniga chetan (ryabina) yoki bodrezak mevalari nastoykalarini ichish ham foydalidir. Bunda: 2 osh qoshiq quruq meva termosga solinadi, 0,5 l qaynoq suv quyiladi, 2 soat tindirilib qo‘yilib, dokada suziladi va kunda 2 mahal ichiladi.

Ikki qoshiq yo‘ng‘ichqa boshini tepadagi yaproqchalari bilan qo‘shib ikki stakan qaynoq suvli termosga solinadi, bir soat tindirilib, kuniga uch marta bir stakanning uchdan biricha ichiladi. Bu – me’yordagi arterial bosimli aterosklerozda, quloq shang‘illaganda, bosh aylanganda, bedorlikda bemorga yordam beradi. Muolaja muddati – 3 oy. 6 oydan keyin muolaja yana takrorlanadi.

Kasallikka qarshi umumiy tavsiyalar

Qonda xolesterin darajasini pasaytirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak:

  • Ortiqcha vaznni yo‘qotish
  • Chekishni tashlash.
  • Jismoniy faollikni oshirish (jismoniy mashqlar, 5–7 km masofaga yurish yo chopish, suzish, tomorqada ishlash, toza havoda serharakat sport o‘yinlarini o‘ynash va hokazolar).

Ovqatlanishga doir tavsiyalar

Yog‘siz go‘sht iste’mol qilish (uy parrandasi yoki yog‘siz mol go‘shti, quyon go‘shti), ammo bu bir haftada 500 gr dan oshmasligi kerak.
Xonaki parranda go‘shtini iste’mol qilish (terisi shilinishi shart).
Taomlar ro‘yxatidan kolbasa mahsulotlari, ichak-chavoqlar va sariyog‘ni chiqarib tashlash kerak.
Baliq va dengiz mahsulotlaridan haftasiga 500 gr dan ko‘proq iste’mol qilish.
Pishloqni kamroq yeyish.
Yog‘i ajratilgan sut (yoki yog‘i 1,5 % dan oshmasin) va yog‘siz sut mahsulotlarini iste’mol qilish.
Kuniga kamida 40 gr kletchatka iste’mol qilish (u asosan ho‘l mevalar, don, sabzavot, dukkakli o‘simliklar tarkibida katta miqdorda mavjud) kerak.
O‘simlik yog‘lari iste’mol qilish (zaytun, kungaboqar, zig‘ir yog‘lari).

A,RR,S va Ye vitaminlarini mikroelementlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish. Kundalik taomlar sirasiga undirilgan don, pivobop xamirturush, mikroelementlari bo‘lgan
polivitaminlarni qo‘shish.
Qahva va achchiq choyni kam ichish.
Ko‘pi bilan bir stakan oq musallas (qizili bo‘lsa undan ham yaxshi) yoki ko‘pi bilan kuniga 50 gr aroq ichish mumkin.

Maqolaga baho bering

[Total: 9 Average: 4.1]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x