Askorutin tabletkasi — vitamin vosita.

DO`STLARGA ULASHING:

💊Askorutin tabletkasi — vitamin vosita. Qonni quyuqlashtirish ta’siriga ega.

#Askorutin tabletka
#Аскорутин таблетка

💊DORI SHAKLI : tabletka

💊TARKIBI : 👇

Vitamin C va rutozid moddasi.

 

💊TA’SIRIGA KO’RA 👇

Vitamin yetishmasligida va qon quyultiruvchi ta’sirga ega.

 

💊QO’LLANILISHI 👇

— Vitamin C ning organizmda kamligida yoki umuman bo’lmaslik xolatida qabul qilish mumkin.
— Kapillyar qon tomirlar shikastlanganda qabul qilish mumkin.
— Septik endokarditda qabul qilish mumkin.
— Gemorragik diatezda qabul qilish buyuriladi asosan . Bunda qon ko’p ketish xolatida yoki qon suyulib ketsa preparat qonni quyultiradi , qalinlashtiradi.
— Purpura kasalligida , ya’ni teri yuza qismiga qon quyilib nuqta nuqta qon quyilishlar yuz berganda.
— Immunitetni oshiradi va ishtahani ochadi.

 

💊QO’LLASH USULI 👇

Tabletka kuniga 1 tabletkadan 2 — 3 martagacha qabul qilish mumkin.

 

🔴NOJO’YA TA’SIRI 👇

— Bosh og’rigi
— Ko’ngil aynish , qusish
— Qon quyilib , qalinlashib ketishi ( uzoq qabul qilinsa).
— Qon bosimi oshishi kuzatilishi mumkin.

 

❌QO’LLASH MUMKINMAS 👇

— Preparatga allergik reaksiya bo’lganda.
— Qoni quyuq , qalin insonlar va qon quyuqlashgan paytda mumkin emas.
— Tomirlarda tromb bo’lganda , trombozda , tromboflebitda mumkin emas.
— Og’ir buyrak va yurak kasalligida mumkin emas ( esda saqlang ).
— Qon bosimi juda baland bo’lganda mumkinmas.

 

🔰ADMIN MASLAHATI 👇

💥Askorutinni vitamin kamligida qabul qilishni maslahat bermayman. Chunki vitamin C kamligida , dorixonalarda askorbinkalar kop qabul qilishga. Bu preparat asosan qon ko’p ketganda va qon juda suyulib ketganda qonni quyultiradi. Kop qabul qilinsa qon qalinlashib ketadi.

💥Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkin emas.
Homiladorlikning boshqa davrida esa shifokordan so’rab qabul qiling.

💉Qo’llash — retsept bilan
💉Ishlab chiqaruvchi — Rossiya

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x