ARIFMETIK UCHBURCHAK

ARIFMETIK UCHBURCHAK — binomial koeffitsiyentlardan (q. Binom) iborat sonlarning uchburchakli jadvali. Yon tomonlarida birliklar turadi, undagi har bir sonni shu son ustida turgan ikkita sonni qoʻshib hosil etiladi. Arifmetik uchburchak Paskalning «Arifmetik uchburchak haqida risola» nomli kitobida (1665) uchragani uchun uni koʻpincha Paskal uchburchagi deb yuritishadi. Arifmetik uchburchak Xi-toyda 1303-y. maʼlum boʻlgan. Germaniyada 1544 i. Shtifel asarlarida uchraydi. Hindistonda shoir Pintala (mil. av. 2-a.) poeziyaning baʼzi masalalarini xdl qilishda Arifmetik uchburchak u . dan foydalangan. Shunga koʻra, Arifmetik uchburchak turli mamlakatlarda turlicha atalib kelgan: Germaniyada uni Shtifel uchburchagi, Italiyada Tartalya uchburchagi deb yuritishgan. Bizda esa uni Umar Xayyom uchburchagi deb atash toʻgʻriroq boʻlar edi, chunki Arifmetik uchburchak Umar Xayyom asarlarida uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x