ARABI POSHO

ARABI POSHO Ahmad (1841 – 1911) — Misr xalqining 1879 — 82 y. lardagi milliy ozodlik kurashi rahbarlaridan biri. Polkovnik (1879). 1881-y. sent. da Qohira garnizoni qoʻzgʻoloniga boshchilik qildi; natijada Misr milliy hukumati tuzildi. Arabi Posho harbiy vazir lavozimini egalladi. 1882-y. iyul—sent. oylarida Misrga bostirib kirgan inglizlarga qarshi urushda rahbarlik qildi. Urushda Misr magʻlubiyatga uchragach, Arabi Posho ingliz hokimiyati tomonidan oʻlim jazosiga hukm qilindi, keyinchalik Seylon o. ga surgun qilish bilan almashtirildi. 1901-y. Mayda afv etildi va Misrga qaytib keldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x