APPENDITSIT

APPENDITSIT — appendikentg yalligʻlanishi. Mikroblar oʻsimtaga turli yoʻllar bilan kiradi, ayrim sabablarga kura ularning patogenlik xususiyati oshib, oʻsimta shilliq qavatlaridan ostki qismiga oʻtib, uni yalligʻlantiradi. Appenditsit bilan turli yoshdagi kishilar ogʻrishi mumkin. Appenditsit oʻtkir va surunkali boʻladi. Oʻtkir Appenditsitning kataral, yiringli, gangrenoz turlari boʻlib, oʻsimtaning teshilishi, peritonit, appendikulyar infiltrat, abssess kabi hayot uchun xavfli asoratlari kuzatiladi. Kasallik boshlanishida oʻng biqin sohasi toʻsatdan sanchib ogʻriydi va asta-sekin zoʻraya boradi; bemorning koʻngli ayniydi, qayt qiladi, tomiri tez uradi, harorati koʻtariladi. Oʻng yon bosh sohasini qoʻl b-n bosib koʻrilganda, ogʻriq zoʻrayishi va oʻng tomondagi muskullarning taranglanishi aniq seziladi. Qonda leykotsitlar koʻpayadi. Appenditsit aniqpangandan keyin yalligʻlangan oʻsimta darhol jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi. Oʻtkir Appenditsit operatsiya qilinmaganda kasallik belgilari kamayib, asoratlar roʻy bermasa, chuvalchangsimon oʻsimtadagi oʻzgarishlar qisman yoʻqolib, kasallik surunkali tus oladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x