APPARAT FUNKSIYASI

APPARAT FUNKSIYASIoʻlchov asbobining unda oʻlchangan kattalikni oʻlchanguncha boʻlgan haqiqiy qiymati bilan bogʻlovchi xarakteristikam. Koʻp hollarda spektrofotometrlarning Apparat funksiyasini bilish talab qilinadi. Oʻlchov asbobining Apparat funksiyasi nazariy yoʻl bilan hisoblab topiladi. Mas, spektrometrning Apparat funksiyasi yoyuvchi element (prizma, difraksion panjara), kollimator koʻzgusi, tirqishning optik parametrlari yordamida hisoblanadi. Spektrometrning Apparat funksiyasi tajriba yoʻli bilan ham aniqlanishi mumkin. Bunda spektrometr kirish tirqishi v chastotali monoxromatik nur bilan yoritiladi va spektrometrda chastota oʻzgartirilganda shu chastota atrofidagi yorugʻlik oqimi taqsimoti oʻlchanadi, bu taqsimot asbobning Apparat funksiyasiga mos keladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x