Antibiotiklarni nega tartibsiz qabul qilmaslik zarur?

Nega antibiotiklar (antibakterial preparatlar) nazoratsiz va pala-partish qo’llash halokatli oqibatlarga olib keladi?  Ushbu dorilarni qanday tartibda qabul qilish kerak.

Antibiotiklar
Medlife.uz

Antibiotiklar haqida hamma eshitgan, deyarli hamma ularni turli infeksion kasalliklarda qo’llagan. Ko’pchilik hozir ularni o’zboshimchalik bilan shamollashda, diareyada va shunga o’xshash vaziyatlarda o’z-o’ziga tayinlaydi. To’g’rida arzimagan shamollash uchun ham shifokor huzuriga borib o’tirish shartmi ? Axir shunday effektiv ta’sir ko’rsatadigan dorilar borku ? Ustiga yurtimizda dorixonalar son-sanoqsiz ulardan bemalol shifokor retsepisiz erkin kerakli dorilarni xarid qilish mumkin, cheklovlar yo’q. Yo’q bunday qilish mumkin emas. Bu yaxshi oqibatlar olib kelmaydi.

1942-yil Aleksandr Fleming tomonidan birinchi antibiotik penitsillin kashf etildi. Bu olamshumul kashfiyot bo’lgan. Ungacha millionlab odamlar har yili oddiy jarohat infeksiyalaridan, gangrenadan halok bo’lishardi.

Antibiotiklarni tartibsiz qabul qilmang!

Antibiotiklar qa’tiy tartib-qoida asosida qabul qilinishi shart. Bu dorilar insonda kasallik chaqiruvchi mikroblarga zaharli ta’sir etib ularni nobud qiladi va odam uchun ham ko’plab nojo’ya ta’sirlari bor. Ko’pchilik suvaraklardan qutulish qanchalik qiyin ekanligini bilsa kerak. Suvaraklar yo’qotish uchun sotiladigan zaharlarni sanoqsiz turlari bor. Har safar bu hashoratlarni yo’qotish uchun boshqa-boshqa qimmatroq, kuchliroq zaharlarni qo’llashga to’g’ri keladi. Lekin ular deyarli har doim yangi zaharga ko’nikib, chidamliroq bo’lib qaytishadi.

Mikroblar ham chidamlilik va ko’nikuvchanlikda suvaraklardan qolishmaydi. Har safar dorilar noto’g’ri va asossiz bo’lar-bo’lmasga qo’llanaverilsa mikroblarda antibiotiklarga rezistenlik paydo bo’lib qoladi.

Mikroblarda doriga rezistenlik bu unga chidamlilik, barqarorlik qarshilik ko’rsatish kuchi!

degan so’zlarni eshitgan bo’lsangiz kerak.

Dorini 2-3 kun yoki bir kun olib, bir kun olmaslik, dorini ichish muddatini o’tkazib yuborish yaramaydi. Bu holatda dori nafaqat kasallikni yenga olmaydi, balki o’ziga nisbatan mikrobni chidamli ham qilib qo’yadi. Oqibatda boshqa kuchliroq, qimmatroq antibiotik dori qabul qilishga to’g’ri keladi. Kuchliroq dorining nojo’ya ta’sirlar ham kuchli bo’ladi.

Mikroblarni dorilarga chidamliligi ortib borib, hech bir dori ta’sir qilmay qo’yishi ham mumkin. Bunday mikrob chaqirgan kasallik super infeksiya deb ataladi. Nomidan ham ko’rinib turib bunday kasallik ancha yomon oqibatlarga olib keladi.

Oddiy shamollash, tumov ehtimoli kam bo’sa ham o’zboshimchalik va tartibsizlik natijasida super infeksiya darajasigacha yetishi mumkin

Sizda nima qilish kerak degan savol tug’ilishi tabiiy hol. Antibiotiklardan voz kechish kerakmi? Yoq shifokorlar antibiotik va mikroblarni bunday xusussiyatlarini biladilar. Ular har doim dorilarni asoslab, ehtiyotkorlik bilan tayinlashga harakat qiladilar. Ularning tafsiyalari va quyidagi qoidalarga amal qilish zarur. Ushbu qoidalarga amal qilinsa bakteriyalarda chidamlilik rivojlanish ehtimoli kamayadi va dori maksimal effektiv ta’sir ko’rsatadi.

Antibiotiklarni qabul qilish qoidalari

  • Qa’tiyan mutaxasis ko’rsatmasiga binoan qo’llash lozim.
  • Aynan belgilangan soatlar paytida qabul qilish. Buning sababi bir marta qabul qilingan (masalan amoksisitsilin) dori uzog’i bilan 8 soat davomida ta’sir ko’rsatadi. Mikroblar doriga ko’nikib chidamli bo’lib qolmasligi uchun ularga doimo 24 soat davomida ta’sir ko’rsatish kerak. Shuning uchun dorini qabul qilish vaqtini o’tkazib yubormang.
  • 3 kun qoidasi. Kasallikning barcha belgilari yo’qolgandan keyin 3 kundan keyin dorini ist’emol qilishni to’xtatish kerak. Undan ertaroq to’xtatish kasallikni surunkali ko’rinishga o’tish yoki qaytalish xavfi bor.
  • Uzoq muddar antibiotiklar qabul qilish vaqtida ichak mikroflorasini tiklash va himoya qilish uchun protobiotiklarni qo’llash zarur (shifokor maslaxati bilan albatta).  Antibiotiklar organizimdagi zararli mikroblar bilan birga ko’pincha ichakdagi foydali bakteriyalarni ham nobud qiladi. Va hazm tizimda muommolarga olib keladi. Shu sababli protobiotiklar organizmga yordam beradi.
  • Dorini qabul qilish tartibini ovqatdan oldinmi, keyinmi nima bilan ichish kerak shunga o’xshash narslarni mutaxasisdan yoki dorining yo’riq nomasidan aniqlashtiring.
  • Davolash kursi vaqtida dietaga amal qiling. Alkogol, nordon mahsulotlar, dudlangan va sho’r taomlarni ist’emol qilmang.

Nega antibakterial preparatlarnini o’z boshimchalik bilan qo’llash mumkin emas?

Odamlarda uchraydigan yuqumli kasalliklar 2 xil bo’ladi.

  1. Bakteriyalar ya’ni mikroblar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar. Meninget, zotiljam kabi kasalliklardan antibiotiklar himoya qiladi
  2. Viruslar tomonidan chaqirilgan kasalliklar. Hamma biladigan GRIPP yoki oddiy shamollashda antibiotiklar yordam bermaydi. GRIPPda shifokor bu dorilarni tayinlasa boshqa kasalliklarni oldin olishni ko’zlagan bo’ladi

Shunday eka siz o’zingiz qanday turdagi kasallik bilan og’riganizgizni bilmaysiz. O’zboshimchalik bilan dorilarni qo’llash xavfli. Antibiotiklar juda ko’p nojo’ya ta’sirlarga ega.

Antibakterial dori vositalari muhim va effektiv, lekin har doim ehtiyotkorlik bilan mutaxasis tafsiyasi bilan qo’llanilishi zarur.

 

Maqolaga baho bering

[Total: 4 Average: 3.8]

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x