ANIQ (PRETSIZION) QUYISH

ANIQ (PRETSIZION) QUYISH — metallurgiyada mexanik ishlov berishni talab qilmaydigan quymalar olish usuli. Qiyin ishlov beriladigan materiallar (legirlangan poʻlat, olovbardosh va qattiq qotishmalar va h. k. lar)ni quyishda Aniq (pretsizion) quyish ishlatiladi. Aniq (pretsizion) quyish quyidagi jarayonlarni oʻz ichiga oladi: buyum namunasini tayyorlash; mum modellar quyish uchun press-qolip tayyorlash; mum modellar quyish; quyma qolipini tayyorlash; mumni eritish va qolipini qizdirish; metallni eritish va qolipga quyish; quygichlarni urib chiqarish va quymani tozalash. Aniq (pretsizion) quyish usuli sanoatning turli sohalarida keng qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x