AMORF TILLAR

AMORF TILLAR (yun. amorphos — shaklsiz) — affikslar bilan soʻz yasalishi va soʻz oʻzgarishi boʻlmagan tillar. Soʻzlararo grammatik aloqa bitishuv yoki yordamchi soʻzlar vositasida yuzaga chiqadi. Amalda Amorf tillar kamchilikni tashkil etadi, ammo barcha tillarda unga xos unsurlar uchraydi (mas, hind-yevropa, turkiy, fin-ugor va b.). A. t. ga eng yaqin tillar — xitoy, Vyetnam, eve va b. A. t. da mustaqil soʻzlar yordamchi soʻz vazifasida ham keladi. Mac, xitoy tilida ge (arava), shong (ust) soʻzlari qoʻshilib — geshong (aravaning usti yoki arava ustida) hosil boʻladi. Bu xususiyat tibet-birma tillarida kuchli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x