AMMONITLAR

AMMONITLAR (Ammonoidea) — bosh-oyoqli mollyuskalar turkumi. Devon davrida paydo boʻlib, trias hamda yura davrlarida keng tarqalgan. Boʻr davrining oxirida qirilib ketgan. Ammonitlar tanasi diametri 1 m gacha boʻlgan yassi spiral koʻp kame-rali chigʻanoq ichiga joylashgan. Chigʻanogʻining birinchi kamerasida hayvon tanasi joylashgan, boshqa kameralari havo bilan toʻlgan boʻlib, yumshoq oʻsimta — ingichka naycha orqali tutashgan. Halok boʻlgan Ammonitlarning chigʻanogʻi vaqt oʻtishi bilan choʻkindi jinslar bilan toʻlib, toshga aylangan. Uning toshga aylangan shakli hozirgacha saqlanib qolgan. Ammonitlar, asosan, dengizda yashagan, shuning uchun ular qoldiqlari topilgan joy dengiz boʻlganidan darak beradi. Jumladan, Oʻzbekistonning jan. qismida oʻrta va yuqori yura davrida katta dengiz havzasi boʻlgan. Ammonitlarni oʻrganish geol. da katta ahamiyatga ega. Ammonitlarning tarqalishiga qarab yerning ustki qobigʻi yaruslarga boʻlinadi va qatlamlarning yoshi aniqlanadi. Mas, Jan. Oʻzbekiston va Turkmanistonning geologik yoshi Ammonitlar yorda-mida aniqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x