ALYUMINIY XLORID

ALYUMINIY XLORID, AlSl3 — xlorid kislotaning alyuminiyli tuzi, rangsiz kristall; zichligi 2440 kg/m3, qutbli molekulalardan tuzilgan organik erituvchilarda va suvda yaxshi eriydi (100 g suvda 44,38 g). Suvli eritmalarda uning oq-sargʻish rangli kristallogidrata A1S13-6N2O hosil boʻladi. Qutbli molekulalar (NH3, RSl3, RSl5) bilan birikmalar hosil qiladi. Kaolin, boksit va b. tabiiy minerallarga yuqori t-rada xlor va uglerod (II)-oksid aralashmasini taʼsir ettirish yoʻli bilan olinadi. Suvsiz Alyuminiy xlorid alkillash reaksiyasida, neftni krekinglashda katalizator sifatida, shuningdek jun boʻyash sanoatida ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x