ALKOGOL PSIXOZLARI

ALKOGOL PSIXOZLARI, metalkogol psixozlar — alkogolizma» roʻy beradigan ekzogen-organik ruhiy kasalliklar majmui. Alkogol psixozlari surunkali alkogolizmning oʻrta va soʻnggi bosqichlarida etil spirtining organizmda parchalanishi vaqtida hosil boʻladigan zaharli moddalar taʼsirida moddalar almashinuvining buzilishidan vujudga kelgan metabolitlarning markaziy nerv sistemasiga zaharli taʼsir etishi natijasida kelib chiqadi. Alkogol deliriysi, «oq alahlash» (ong xiralashuvi, koʻrish, eshitish va b. gallyutsinatsiyalar, betokatlik, turli somatik va nevrologik xastaliklar), alkogol gallyutsinozi (boshqalar taxdid solayotganday tuyuladigan eshitish gallyutsinatsiyasi va h. k.). Oʻtkir va surunkali, shuningdek rashk vasvasasi koʻproq uchraydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x