ALIFBO

ALIFBO (arab Alifbo sining boshlangʻich ikki harfi — alif va bo nomidan olingan) — biror tilning yozuviga qabul qilingan va maʼlum anʼanaviy tartib berilgan yozuv belgilari (mas, arab Alifbosi, lotin Alifbosi) yoki boʻgʻin belgilar (mas, hind A. si — devanagari) majmui. Alifbo mil. av. 2000-y. oxirlarida qad. Ugarit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Undan ilgari Misr iyerogliflari sanoq tizimi mavjud boʻlgan, deb taxmin qilinadi. Turkiy xalqlarning run va turkiy (uygʻur) yozuvlari boʻlgan. Ammo, bu oʻziga xos turkiy yozuvlar Axi haqida maʼlumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi maʼlumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Hoz. harfiy va baʼzan boʻgʻin Alifbo lari finikiy Alifbo sidan, oromiy (arab, yahudiy), yunon (lotin va h. k.) va b. Alardan kelib chiqqan. Arab Alifbo siga — barcha arab mamlakatlari, shuning-dek Eron, Afgʻoniston, Pokiston, Sharqiy Turkiston — Shinjon, shuningdek 13—20-a. boshlarida turkiy xalqlar yozuv tizimida; lotin Alifbo siga Amerika, Avstraliya qitʼasidagi barcha xalqlar, Yevropaning koʻpchilik xalqlari, Osiyo va Afrikadagi baʼzi xalqlar (Indoneziya, Turkiya va b.) yozuv tizimida; Kirill Alifbo siga — Yevropa, Osiyodagi baʼzi xalqlar yozuv tizimida; hind boʻgʻin Alifbo siga — Hindistondagi koʻpgina elatlar yozuv tizimida amal qilingan. Yana q. Arab yozuvi, Arman yozuvi, Gruzin yozuvi, Koreys yozuvi, Turkiy (uygʻur) yozuvi, Oʻrxun-yenisey yozuvi, Yunon yozuvi, Hind yozuvi, Lotin alifbosi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x