ALI ar-RIZO

ALI ar-RIZO, Ali ibn Muso (765 yoki 770—818) — shialarning sakkizinchi imomi. Madinada yashagan. 816-y. da xalifa al-Maʼmun moʻtadil shialar b-n ittifoqlashish va ular yordamida oʻz hokimiyatini mustahkamlash maqsadida Ali ar-Rizoni taxt vorisi deb eʼlon qilgan. Lekin bu ittifoq uzoqqa choʻzilmagan. Sunniylar bunga qarshi harakat boshlagan. Xalifa shialar bilan munosabatini uzgandan keyin Ali ar-Rizo Xurosonda Tus sh. yaqinidagi Nukan qishlogʻida zaharlab oʻldirilgan va Sanobad qishlogʻiga dafn qilingan, keyinchalik uning qabriga maqbara barpo etilgan va shialar uchun ziyoratgoh, asosiy muqaddas joylardan biriga aylangan. Qabr joylashgan qishloqqa Ali ar-Rizo sharafiga Mashhadi Ali Rizo nomi qoʻyilib (Ali ar-Rizo shahid boʻlgan joy), u yirik shahar (hoz. Mashhad)ga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x