DO`STLARGA ULASHING:
Albert Einstein (Albert Eynshteyn;
Eynshteyn Albert (1879.14.3, Ulm, Germaniya — 1955. 18.4, Prinston, AQSH) — yahudi, nazariyotchi fizik olim, nisbiylik nazariyasi asoschisi, maydon kvant nazariyasi va statistik fizika asoschilaridan biri. Syurix politexnikumini tugatgan. Syurix universiteti (1909) va Berlin universiteti Bavariya Fanlar akademiyasi fizika instituti direk tori (1914-33). 1933 yildan to umrining oxirigacha Prinston institutida (AQSH) ishlagan.
Ilmiy ishlari asosan nisbiylik nazariyasiga doir. E. massa va energiyaning oʻzaro bogʻliqligi qonunini kashf qilgan (1905). Maydon kvant nazariyasining yaratilishida E.ning hissasi juda katta. Yorugʻlik nurlanishini yorugʻlik kvantlari yoki fotonlar oqimidan iborat, deb hisoblab, yorugʻlik nurlanishining diskretligi, kvant strukturaga ega ekanligi haqidagi tasavvurni fanga kiritgan, Broun harakatining molekulyarstatistik nazariyasini rivojlantirgan (1905), fotonni nazariy jihatdan kashf qilgan.