AKVARIUM

AKVARIUM (lot. aqua — suv) — 1) suv hayvonlari va oʻsimliklarini tirik saqlash va koʻpaytirish uchun foydalaniladigan shisha idish. Foydalanish maqsadi va organizmlar uchun zarur boʻlgan sharoitga binoan Akvariumning tuzilishi, shakli va oʻlchami har xil boʻladi. Akvarium odatda yaxlit shishadan yoki sinchi metalldan, devori shishadan yasaladi. Akvarium yasash uchun baʼzan organik shishadan ham foydalaniladi: Standart A. toʻgʻri burchakli, balandligi bilan eni bir xilda, boʻyi enidan 1,5-marta uzunroq qilib yasaladi. Devorga qoʻyiladigan Akvariumning oldingi devori egik boʻladi. Akvarium tubiga yuvib tozalangan daryo qumi (zarrachalarning oʻlchami 2—4 mm) solinadi. Baliq boqish uchun Akvarium suvi kislorodga toʻyingan, undagi mineral tuzlarning tarkibi va nisbati muayyan miqdorda boʻlishi lozim. Suvni kislorodga toʻyintirish uchun Akvariumda suv oʻsimliklari oʻstiriladi, oʻsimliklar har kuni 10—12 soat davomida yoritib turiladi. Yorugʻlikda oʻsimliklar akvarium baliqlari nafas olganida chiqadigan karbonat angidrid gazini oʻzlashtirib, kislorod ajratib chiqaradi, suvdagi mineral moddalarni shimib oladi. Suvni doimo toza saqlash uchun Akvarium devori tozalab turiladi, suv tubiga choʻkkan chiqindilar olib tashlanadi, bugʻlangan suvning oʻrni toʻldirib turiladi. Akvariumda suv yuzasida (ruchchiya, salviniya, suv salati va b.) va suv qaʼrida qalqib turadigan (elodeya, urut, lyudvigiya va b.), suv tubiga yopishib oʻsadigan (vallisneriya, oʻqyoybarg, aponogeton, exinodorus, kriptokorina va b.) oʻsimliklar oʻstirish mumkin. Akvariumning ustini shisha bilan yopib, qopqoqni cheti havo kirib turishi uchun bir oz ochib qoʻyiladi. Ilmiy lab. larda, baʼzan xonadonlarda ham Akvarium suvi nasos yordamida havo yuborish bilan kislorodga toʻyintiriladi, qum va faollashtirilgan koʻmir orqali oʻtkazib tozalab turiladi;

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x