AKTINOMIKOZ

AKTINOMIKOZ (aktino… va yun. mykes — zamburugʻ) — turli nursimon zamburugʻlaraktinomitsetlar keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Odamda kam uchraydi; koʻpincha hayvonlar (aksari qoramollar) kasallanadi. Aktinomikoz b-n asosan jagʻ va boʻgʻim sohasi, qorin boʻshligʻi aʼzolari, shuningdek oʻpka kasallanadi. Aktinomikoz paydo boʻlgan joyning tagi qattiq tortib, berchlashadi va madda yigʻib, bir qancha vaqtdan keyin yoriladi; bunda yaradan yopishqoq yiring oqib chiqadi; shu yiringda koʻpincha aktinomitsetlar boʻladi. Yara bitib ketganidan keyin chandiq boʻlib qoladi. Aktinomikoz vaqtida davolanmasa. u badanning boshqa joylariga ham tarqalib ketishi mumkin. Zamonaviy davo usullari koʻpincha bemorning butunlay sogʻayib ketishiga imkon beradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x