AKMAL XOʻQANDIY

AKMAL XOʻQANDIY Mulla Shermuhammad (18 – a. 1 – yarmi, Fargʻona viloyati Boytuman qishlogʻi — taxm. 1810, Qoʻqon) — oʻzbek shoiri. Maxmurning otasi. Hayoti va ijodi haqida «Tuhfat ut-tavorix» (1863, Muhammad Amin Attor), «Majmuai shoiron», «Tuhfat ul-ahbob fi-tazkirat ush-asʼhob» kabi asarlarda maʼlumot keltirilgan. A. X. Madrasai Mir (Qoʻqon) da mudarris boʻlgan. Oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Turli tarixiy voqealarga bagʻishlab sheʼrlar, shiru shakar uslubida muxammaslar yozgan. Muhabbat va insoniylikni ulugʻlagan, adolatsizlikni qoralagan, xalqni maʼrifatga chaqirgan. Tuzgan devonlari saqlanmagan. Turli bayozlar («Bayozi yangi», 1911; «Bayozi Muhallo», 1912; «Armugʻoni Xislat», 1912)ga kirgan asarlari yetib kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x