AKKAD TILI

AKKAD TILI (qad. shahar Akkad nomidan) — mashxur som tillarining eng qad. si. Ikki dialektga — bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois koʻpincha u bobil-ossuriy (yoki ossuriybobil) tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) oʻziga xos xususiyati undagi soʻzlar oʻzagi undoshlardan (koʻpincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda oʻzakka tegishli boʻlmagan baʼzi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va oʻzak umumiy maʼnosini muayyanlashtiradi. Akkad tili yozuvi shumer sillabo-ideografik mixxatiga asoslangan boʻlib, belgilar koʻp tovushli xususiyatga ega. Ular soni 500 dan oshib ketadi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-y. ga kelib toʻliq oʻqishga muvaffaq boʻlingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x