AKINEZIYA

AKINEZIYA (yun. a — inkor qoʻshimchasi va kinesis — harakat) — faol harakatlar boʻlmasligi, ixtiyoriy harakatning qiyinlashuvi. Bosh miya poʻstloq osti toʻqimalarining yalligʻlanishi, jarohatlanishi, tushkunlik holatlari, ayrim dorilarni suiisteʼmol qilish va b. sabab boʻladi. Akineziyada muskullar taranglashadi, titrash, qaltirash alomatlari paydo boʻladi, yuz muskullarining qotib qolishi natijasida bemorning yuzidagi imo-ishora (mimika) tuygʻulari sezilmaydi, u yurib ketayotganida qoʻllari mutanosib harakat qilmay qotib qoladi, tupuk yutish qiyinlashadi, ogʻizdan soʻlak oqadi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x