AHMADIYA MASJIDI

AHMADIYA MASJIDI — Istanbulda qurilgan mahobatli meʼmoriy obidalarning eng kattasi (1609 — 14). Meʼmor Mehmed Ogʻa (1540 — 1620) qurgan. Ahmadiya masjidi katta qubbali oldi tomoni baland minorali bino. Minoralar atrofida esa kichik peshayvonlar bor. Masjid ichidagi devorlar, yashil, oq va havo rangdagi koshinlar bilan bezalgan boʻlib, gilamii eslatadi. Derazalardan tushgan nur rangdor bezaklarda jilolanib, kishi diliga orom bagʻishlaydi. Minoraning qubbalari koʻkka tutashib ketganday tuyuladi. Ahmadiya masjidi turk meʼmorchiligi tarixida alohida oʻrin egallaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x