AHL ul-KITOB

AHL ul-KITOB (arab. — kitob ahli, mazmunan oʻz diniy kitobiga ega boʻlgan xalqlar) — islom aqidasiga koʻra, haqiqiy dindorlar (musulmonlar) va «gʻayridin» majusiylar oʻrtasidagi odamlar toifasi. Ular oʻzlariga yuborilgan muqaddas kitoblar matnini buzganlar; Muhammad (sav) va uning oxirgi paygʻambarlik vazifasi toʻgʻrisida eslatilgan gaplar chiqarib tashlangan. Ah ul-kitobga xristianlik va yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar kiritilgan. Musulmonlar umuman Ahl ul-kitobga sabr-toqatli munosabatda boʻlib kelganlar. Bu hol musulmonlar bilan boshqa dindagilar oʻrtasida kelishuv va tinch munosabatlar oʻrnatilishiga imkon bergan, hozir islom davlatlari bilan xristian davlatlari oʻrtasida muloqot olib borish uchun gʻoyaviy asos boʻlib xizmat qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x