ABU HANIFA DINOVARIY

ABU HANIFA DINOVARIY Ahmad ibn Dovud (taxm. 815 — Eron, Dinovar sh. — 895) — tarixchi, tilshunos, botanik (xashshob) olim. Abu Hanifa Dinovariy geogr., astronomiya va mat. bilan ham shugʻullangan. Uning bizgacha yetib kelgan tarixiy asari «Kitob axborit-tivol» («Uzun hikoyalar kitobi»)dir. Unda umumjahon va Eron tarixi (637-y. dan 9-a. gacha) ga oid muhim maʼlumotlar bor. Sharqshunos V. F. Girgas tomonidan 1888-y. da rus tilida nashr etilgan. A H. D. «Kitob ushshiʼr vashshuʼaro» («Sheʼr va shoirlar haqida kitob») va «Kitob ul-fasohat» («Fasohat haqida kitob») kabi asarlar yozgan. Uning «Kitob fin-nabot» («Oʻsimlik haqida kitob») nomli mashhur asari uzoq vaqtlargacha Sharq botanik va tabiblari uchun qoʻllanma boʻlgan. Asarning bizgacha yetib kelgan baʼzi bir qismlari B. Levin tomonidan ingliz tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan (1953). Abjad tartibida yozilgan bu kitobda 482 xil oʻsimlikning xislati bayon qilingan. Myallif har bir oʻsimlikni taʼriflashda oʻz zamonasi shoirlarining shu oʻsimlik haqidagi sheʼrlaridan namunalar ksltirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x