ABIOTIK OMILLAR

ABIOTIK OMILLAR, muhitning abiotik omillari (yun. a — inkor qoʻshimchasi va bios — hayot) — muhitning tirik organizmlarga taʼsir etuvchi noorganik omillari (iqlim, t-ra, namlik, radiatsiya, tuproqning shoʻrxokligi va b.) majmui. Abiotik omillar kimyoviy (havo, suv, tuproq tarkibi), fizikaviy (quyosh va kosmik radiatsiya, yorugʻlik va issiqlikning taqsimlanishi, havo oqimlari gravitatsiyasi, suv almashinuvi qonuniyatlari va h. k.) omillarga bulinadi. Tirik organizmlar turi, zoti yoki navining uz areali chegarasidagi soni va taqsimlanish darajasi organizmlarning yashashi uchun zarur hisoblangan, ammo eng kam miqdordagi cheklangan Abiotik omillarga bogʻliq. Tirik organizmlar taraqqiyot jarayonida muhitning Abiotik omillar taʼsiriga moslashib boradi. Omillardan ayrimlarining ortiqcha yeki kamligi tirik organizmlarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi (yana q. Biotik omillar).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x