Abdulmo’minxon

Tarjimai hol

Abdulmo’minxon (1568-1598) — Buxoro xonligidagi Shaybonihonlar sulolasining o‘n birinchi hukmdori. U Buxoro xoni sifatida 1598 yilida hukmronlik qilgan.

Abdulmo’minxon Abdullaxon II ning yagona o‘g‘li bo‘lgan. Abdulmo’minxon xon bo‘lganiga qadar Balx va Badaxshonni 1582-1598 yillar mobaynida boshqargan. U Balxda e’tiborga sazovar ishlarni amalga oshirgan, jumladan masjid, madrasa va maqbaralar bunyod ettirgan. 1598 yil fevralida otasining o‘limidan so‘ng u Buxoro xoni vazifasini bajarishga kirishgan. Abdulmo’minxon juda qattiqqo’l va shafqatsiz hukmdor bo‘lgan. Shu tufayli uni Shaybonixonlarning kushandasi deya tariflashadi.

Abdulmo’minxon 1598 yili fitna qurboniga aylangan. U o’ldirilgach taxtga Pirmuhammadxon II o‘tirgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x