Abdulloh al-Hakim at-Termiziy

Tarjimai hol

Muhammad ibn Ali Abu Abdulloh al-Hakim at-Termiziy 824-892 yilllarda yashab ijod qilgan –so‘fiylik davrining mutafakkiri hisoblangan. Hadisshunoslik va huquqshunoslikni yaxshi o‘zlashtirgan olim. Zamondoshlari dunyoqarashining kengligi va chuqur tafakkur sohibi bo‘lgani uchun Al-Hakim at-Termiziyni – “Termizdan chiqqan donishmand” deb atashardi.

Bo‘lajak alloma Termiz shahrida tavallud topib, 8 yoshidan diniy ilmni chuqur egallaydi. U 28 yoshida musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblangan Makkani ziyorat qilib qaytayotganida diniy ilmni mukamallashtirish maqsadida so‘fiylik ilmi murabbiylari bilan tanishib qoladi. Vataniga qaytgan Termiziy so‘fiylik ilmini davom ettiradi. Uning ustozlari orasida taniqli Xuroson shayxlari: Abu Turob an-Naqshabiy, Yahyo al-Jalla, Ahmad ibn Xadravoyho va boshqalar bor edi..

At-Termiziy tarkidunyo yo‘lini tutgani uchun mahalliy aholi uni hurmatini joyiga qo‘yishardi, tez orada u o‘z shogirdlarini yig‘ib oldi. Biroq uning xatti-harakati mahalliy hokimiyat va fikh ulamolariga sira yoqmasdi va ta’qib qilishni boshlashdi. Shunda At-Termiziy o‘z yurtini tashlab chiqib ketishga majbur bo‘ladi. U Balxda, keyinchalik Nishopur shahrida qo‘nim topadi.

So‘fiylikning rivojlanishiga asosiy qo‘shgan hissasi — Hatm al-avliyo (illohiyot muhri) edi. U illohiyot ta’limotini ishlab chiqdi. Bu ta’limotga ko‘ra, illohiy kuch dunyoni boshqaradi: At-termiziy bu ta’limotini Allohning elchisi va payg‘ambarlariga bag‘ishlaydi.

Bu kitob ilk marta musulmon dunyosida Alloh yaratgan mo‘’jizasi va zikr so‘zining ma’nosi haqida yozilgan. At-Termiziy ta’kidlashicha, bu illohiylik (valiy) vaqt bilan chegaralangan, u payg‘ambarlar mo‘’jizasi (nubuvvat) muhr bilan belgilangan va u qiyomatda namoyon bo‘lishi kerak.

Alloma haqida ko’proq ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz bu yerni bosing.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x