ABDULKARIM BUXORIY

ABDULKARIM BUXORIY (?-1830) — tarixchi, geograf, sayyoh. 1804-y. amir Haydar Rossiyaga yuborgan elchilar safida taʼminotchi boʻlib Peterburg, Moskva va Astraxon (Hoji Tarxon) sh. larida boʻlgan. 1807-y. Turkiyaga yuborilgan elchilar safida sarkotib boʻlib Istanbulga borgan va u yerda uylanib, umrining oxiriga qadar yashab qolgan. Abdulkarim Buxoriyning Turkiston va Afgʻoniston tarixiga doir birgina asari bizgacha yetib kelgan boʻlib, u «Tarixi Nadimiy» nomi bilan mashhur. Bu asarni fransuz sharqshunosi Sh. Shefer «Markaziy Osiyo tarixi» deb nomlab, fransuz tilida Parijda nashr etgan (1876).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x