Abdulaziz Karim, Rayhon — Erkatoyim

[Rayhon]
Muhabbat o`tiga parvonaman,
Bu dunyoda, sevgilim, tonaman.
Hijronlarni hasratda qoldirib,
Nigohingdan yonaman.

[Abdulaziz Karim]
Yagona yoring bo`lay har doim,
Yolg`on dunyoga yo`qdir parvoyim.
Xayolimni bog`lab men ko`zingga,
Parvonang bo`lay doim.

[Rayhon va Abdulaziz Karim]
Erkatoyim mani, yoqimtoyim,
Seni sevarman doim,
Seni bermayman dunyoning yolg`onlariga.
Erkatoyim mani, yoqimtoyim,
Seni sevarman doim,
Seni bermayman hayotning yolg`onlariga.

[Abdulaziz Karim]
Armonlarim gulxanin yoqaman,
Xayolingda, sevgilim, oqaman.
Hasratlarni ortimda qoldirib,
Ko`zlaringga boqaman.

[Rayhon]
Bir dona yoring bo`lay, iloyim,
Yolg`on yorlarga yo`qdir parvoyim.
Xayolimni bog`lab oy yuzingga,
Parvonang bo`lay doim.

[Rayhon va Abdulaziz Karim]
Erkatoyim mani, yoqimtoyim,
Seni sevarman doim,
Seni bermayman dunyoning yolg`onlariga.
Erkatoyim mani, yoqimtoyim,
Seni sevarman doim,
Seni bermayman hayotning yolg`onlariga. (x1+x1)

Seni bermayman hayotning yomonlariga… {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x