Abdugʻafur Rasulov (1937–2014)

1937 yil 1 iyulda tugʻilgan. Oʻrta maktabni, hozirgi OʻzMUning filologiya fakultetini bitirgach, Qarshi Davlat pedinstitutida (1959–1968 yillar) oʻqituvchi boʻlgan. 1969 yildan hozirgi kungacha Oʻzbekiston Milliy universitetida dotsent, dekan, kafedra professori vazifasida faoliyat olib bormoqda. 1966 yilda filologiya fanlari nomzodi, 2002 yilda filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlagan.

“Ilmi gʻaribani qoʻmsab…” (1998), “Istedod va eʼtiqod” (2000), “Atoqli adib” (2001), “Tanqid, talqin, baholash” (2006), “Sharafli Sharafiddinovlar” (2006), “Badiiylik – bezavol yangilik” (2007), “Betakror oʻzlik” (2009) asarlarining muallifi.

1979 yildan beri Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” (2003), “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi” (2007 yil).

Abdugʻafur Rasulov 2014 yil 17 sentyabr kuni vafot etdi.

 

Alohida asarlari va muharrirligida nashr qilingan kitoblar:

  1. Oʻzbekiston komsomoli mukofoti laureatlari – T.: “Yosh gvardiya” nashriyoti, 1977 (L. Qayumov va M. Olimov bilan hammualliflikda).
  2. Yangi zamon – yangi qahramon. – T.: Gʻafur Gʻulom nomli Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1978.
  3. Ozod Sharafiddinov. Adabiy portret. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1980.
  4. Oʻzbek prozasining kamoli. – T.: “Oʻzbekiston” nashriyoti, 1981.
  5. Tanqidchilik ufqlari. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985.
  6. Olim va tarjimon. Adabiy portret. – T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1985.
  7. Oʻzbek adabiy tanqidchiligi. – T.: “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1990. (N. Xudoyberganov bilan hammualliflikda).
  8. Rahmatilla Inogʻomov (bibliografik koʻrsatkich, muharrir). – T.: 1996.
  9. Universitet taʼlimi uchun oʻzbek filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha oʻquv dasturlar (masʼul muharrir). – T.: “Universitet” nashriyoti, 1997.
  10. Oʻzbek adabiyotini oʻqitishning dolzarb muammolari (masʼul muharrir) – T.: “Universitet” nashriyoti, 1997.
  11. Ilmi gʻaribani qoʻmsab. Risola – T.: “Maʼnaviyat” nashriyoti, 1998.
  12. Isteʼdod va eʼtiqod. Adabiy portret. – T.: “Sharq” NMK, 2000.
  13. Ardoqli adib. Adabiy portret. – T.: “Sharq” NMK, 2001.
  14. Abdulaziz Muhammadkarimov. Toshkentnoma. 1-kitob. – T.: “Movarounnahr” nashriyoti, 2004 (masʼul muharrir).
  15. Bahodir Karim. Yangilanish sogʻinchi. – T.: “Adabiyot jamgʻarmasi” nashriyoti, 2004 (masʼul muharrir).
  16. Ozod Sharafiddinov. Dovondagi oʻylar. – T.: “Maʼnaviyat” nashriyoti, 2004 (masʼul muharrir).
  17. Ozod Sharafiddinov. Bibliografik koʻrsatkich. – T.: “Universitet” nashriyoti, 2005 (masʼul muharrir).
  18. Rustam Sharipov. Jadid adabiyotida yangilanish, islohot va mustaqillik uchun kurash. – T.: 2005 (masʼul muharrir).
  19. Tanqid, talqin, baholash. Monografiya. – T.: “Fan” nashriyoti, 2006.
  20. Sharafli Sharafidtsinovlar. Portretlar. – T.: “Maʼnaviyat” nashriyoti, 2006.
  21. “Badiiylik – bezavol yangilik” (2007).
  22. “Betakror oʻzlik” (2009).

https://saviya.uz/ijod/abdugafur-rasulov-1937-2014/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x