Abdu Nabi (1954)

Abdu Nabi (Abdunabi Boyqoʻziyev) 1954 yil 5 iyunda Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi Jonobod qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. ToshDU(hozirgi Oʻzbekiston Milliy universitet)ning jurnalistika fakultetida (1977–1983) tahsil oldi.

Mehnat faoliyatini tuman bosmaxonasida boshlab, soʻngra Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasida, “Mushtum” jurnali, “Oʻzbekiston ovozi”, “Xalq soʻzi” gazetalarida turli vazifalarda xizmat qildi. Keyinchalik “Oʻzbeknavo” estrada birlashmasida repertuar boʻlimi boshligʻi, Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasida rais oʻrinbosari boʻlib ishladi.

Ilk sheʼri (“Umar Xayyom”) 1972 yili Izboskan tumani gazetasida bosilib chiqdi. Shundan soʻng shoirning “Gʻuboringni yozgayman” (1990), “Seni izlab keldim” (1995), “Judoligʻ dashti” (2006), “Koʻzlarim daryoyim” (2007), “Ketayotgan turnalar” (2010) nomli sheʼriy, “Oʻzbeknavo yulduzlari…” (2000), “Dilxiroj tuygʻular” (2007) nomli nasriy hamda publitsistik kitoblari chop etildi. Rus, ingliz, qoraqalpoq, uygʻur adiblari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.

Abdu Nabi asarlarida tugʻilib oʻsgan yurtini, askiya va mutoyibaga oshno tabiatli, mehnatkash odamlarini, qalbiga yaqin, aziz insonlari obrazini alohida mehr-muhabbat bilan yoritishga harakat qiladi. Sheʼrlari bilan oʻquvchilar qalbiga yuraklarni toʻlqinlantiruvchi sogʻinch tuygʻusiga aylanib kirib borishga intiladi.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/abdu-nabi-1954/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x