Abbos al-Javhariy

Tarjimai hol

Al-Abbos ibn Said al-Javhari (9-asrning birinchi yarimi) bugungi Janubiy Qozog’istonda joylashgan Farob shahrida tug’ilib o’sgan matematik va astronom. U Al-Xorazmiy bilan bir vaqtda Bog’doddagi «Donishmsndlsr uyida» ishlagan

Yahyo ibn Abu Mansur, al-Marvarrudiy va Sanad ibn Ali bilan birgalikda Bog’dodda (830) va Damashqda (833) astronomik kuzatuvlarda ishtirok etdilar, kuzatuvlar natijasida «Zij al-Ma’mun» tekshiruvi o’tkazildi. Xuddi shu astronomlar bilan birgalikda u Sinjar tekisligida yer meridianining 1 oy uzunligini aniqlashda ishtirok etdi.
 

O‘rta asr Sharq xalqlari fani va madaniyati tarixiga oid ilk bibliografik asar — «Kitab al-Fixrist»ning muallifi Ibn an-Nadim yunon olimi Yevklidning «Negizlar»  nomli kitobi haqida gapirar ekan, unga yozilgan sharhlardan birini al — Javhariy bitgan, deb ma’lumot beradi.

Al-Javhariyning faoliyati haqidagi asosiy ma’lumotlar Ibn al-Qiftiyning mashhur «Olimlarni hakimlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish» kitobida saqlanib qolgan. Unda shunday deyiladi: «Al-Abbos ibn Sa’id al-Javhariy munajjim bo‘lib, u astronomiya va astronomik hisoblarda mohir mutaxassis hisoblangan. Shu bilan birga, u astronomik jihozlardan foydalanishda ham noyob iste’dod sohibidir.

Uning Yevklidning «Negizlar» kitobiga yozgan sharhi va bu asarning birinchi kitobiga qo‘shgan shakllari, parallel chiziqlar haqidagi g‘oyalari olimni geometriya sohasida ham chuqur bilimlar sohibi bo‘lganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, al-Javhariy «Negizlar» kitobini isloh qilish» asarining ham muallifidir.

Mazkur asar bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, uning mazmuni haqidagi to‘liq ma’lumotlar XIII asrda yashagan qomusiy olim Nasiriddin Tusiyning «Parallel chiziqlar haqidagi shubhalarni davolash» risolasida bayon etiladi. Al-Javhariy o‘zining bu kitobida Evklidning «Negizlar» asaridagi V postulatni isbotlashga harakat qiladi.

Ma’lumki, «Negizlar» asarining bu qismida parallel chiziqlar haqida mulohazalar yuritiladi. Bu mavzu ustida bosh qotirgan al-Javhariy burchak ichida joylashgan har qanday nuqtadan burchakning ikki tarafini birlashtiruvchi chiziq chizish mumkin, degan xulosaga keladi. Muallif qo‘llagan parallel chiziqlar nazariyasi shunisi bilan ahamiyatliki, undan 1800 yili fransiyalik geometriyashunos olim A.M. Lejandr postulatni isbotlashda foydalangan.
 

Al- Javhariyning yuqorida sanab o‘tilgan asarlaridan tashqari «Quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash» risolaning ham muallifidir.

Al-Javhariy quyidagi asarlarning muallifidir: «Zij kitobi», «Yevklid kitobiga sharh», «Yevklidning «Negizlar» asarining birinchi kitobiga u (al-Javhariy) qo‘shgan shakllar» Quyoshning yer markazidan uzoqligini aniqlash» risolasi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x