Abakumov Frumentiy Nikolayevich

Tarjimai hol

Frumentiy Nikolayevich Abakumov (1915yil 13 dekabrda Astraxan viloyati Prishib qishlog’ida — 1951 yil, 2 martda vafot etgan) — geolog, uran qazib chiqarish konlarining birinchi kashfiyotchilaridan biri, Lenin premiyasi laureati.

Frumentiy Nikolayevich Abakumov Rossiyaning Prishib qishlog‘ida tug‘ilgan (hozirgi Rossiyaning Astraxan viloyati Yenotaevsk tumani).

1939 yilda Leningrad universitetini tugatgan. 1940 — 1942 yillarda O‘zbekiston Geologik boshqaruvi partiyasida ishlagan.

1942 yilda Toshkent shahridagi Lenin voyenkomati orqali Qizil Armiyaga chaqirilgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1-shtab boshlig‘i yordamchisi sifatida urushda kurashgan. 1943 yil yanvarda yaralangan. 1945 yilda demobilizatsiya qilingan.

O‘zbekistonda gidrogeolog bo‘lib ishlagan, 1947 yildan boshlab O‘rta Osiyo respublikalarida uran qazilmalarini topishda ishtirok etgan. 1950 — 1954 yillarda bosh geolog, 1954 — 1955 yillarda bosh injener, 1955 — 1989 yillarda partiya boshlig‘i, geolog, Krasnoxolms geolog-razvedka ekspeditsiyasida katta geologi bo‘lib faoliyat yuritgan.

Navoiy konchilik kombinati bazasidagi Uchquduq uran qazilmasi koni birinchi kashfiyotchilardan bo‘lgan (V.M. Mazin, A.I. Pak, A.A. Petrenko, M.E. Poyarkovalar bilan birgalikda).

1989 yil 2 oktyabrda nafaqaga chiqqan.

Unvonlari

  • Qizil yulduz ordeni sohibi (04.10.1944)
  • Jahon urushining II darajali ordeni (04.2.1945)
  • Jahon urushining I darajali ordeni(23.5.1945)
  • Jahon urushining I darajali ordeni (01.08.1986)
  • “Leningrad himoyasi uchun” medali
  • 1959 yilda Uchquduq uran qazilmasi koni birinchi kashfiyotchilari bilan birgalikda Lenin premiyasi sohibi bo’lgan (A.I. Pak, A.A. Petrenko, M.E. Poyarkova, V.I. Kuzmenko).
0 0 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest
0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x
()
x