Meni gullar ayladi bedor,
Sog`inib chekaman yana ozor,
Xayolimni o`ziga bog`lab
Olgan yorim Muyassarxon.
Oy misoli sochadi yog`du,
Sochi sunbul, ko`zlari ohu.
Yuragimga malika bo`lib
Saylangan yorim Muyassarxon. (x2)
Yo`q dema endi!
Yorim bo`l, Muyassarxon,
Yo`q dema, Muyassarxon.
Seni baxtiyor qilay,
Muyassarxon, Muyassarxon. (x2)
Qayda bo`lsang boraman,
Dardim senga yoraman.
Ishqingda devona bo`lgan
Oshiq-u bechoraman.
Muhabbatim rad etma,
Kelgin, intizor etma.
Boshqani sevmayman, yo`q,
Yonimdan bir zum ketma. (x2)
Yo`q dema endi!
Yorim bo`l, Muyassarxon,
Yo`q dema, Muyassarxon.
Seni baxtiyor qilay,
Muyassarxon, Muyassarxon. (x2)
Yo`q dema endi!
Yorim bo`l, Muyassarxon,
Yo`q dema, Muyassarxon.
Seni baxtiyor qilay,
Muyassarxon, Muyassarxon. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.