AVTOPORTRET

AVTOPORTRET (yun. autos — oʻz, frans. portrait — tasvir) — portret turi. Avtoportretda rassom yoki haykaltarosh oʻzini oʻzi tasvirlaydi. Odatda Avtoportret ustida ishlayotganda muallif koʻzgu yoki bir nechta koʻzgulardan foydalanadi, asarda oʻz shaxsiyati (obrazi)ni koʻrsatadi, oʻz tabiatini, ichki dunyosini, ijodiy falsafasini ifodalaydi. Avtoportret qadimdan mavjud boʻlib, antik davr, oʻrta asr, ayniqsa, Uygʻonish davrida keng rivojlangan. Avtoportret inson ruhiyati, maʼnaviy dunyosini ochib berishga intilish kuchaygan davrlarda koʻplab yaratilgan. Uygʻonish davri sanʼatkorlari: Rafael, Leonardo da Vinchi, Rembrandt, Dyurer, Van Deyk, Bryullovlarning Avtoportret lari mashhurdir. Oʻzbekiston tasviriy sanʼatida Avtoportret 20-a. ning 20 — 30-y. laridan keng tarqala boshladi. Rassomlardan A. Volkov, A. Siddiqiy, B. Hamdamip va b. ham Avtoportret yaratgan. Ayniqsa A. Abdulyaayev ijodida Avtoportret muhim oʻrin egallaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x