MANBALAR

MANBALAR, tarixiy manbalar — oʻtmishda odamzod qoʻli bilan bunyod etilgan tarixiy jarayon izlarini oʻzida aks ettiruvchi va kishilik jamiyati tarixini oʻrganish imkonini beruvchi hoz. kungacha saqlangan har qanday osori atiqa, yozma manba, maʼnaviy (til, eʼtiqod, urf-odat) qadriyatlar. Manbalar tarixiy tadqiqotlarning asosiy poydevori hisoblanadi. Ularni keng koʻlamda sinchiklab oʻrganmasdan turib kishilik jamiyatining tadrijiy taraqqiyoti tarixini tahlil qilib boʻlmaydi. Manbalarning xili nihoyatda koʻp, ammo maʼlum darajada aniq va toʻla maʼlumotlarga ega Manbalar majmuasi cheklangan. Yozuv hali yuzaga kelmagan ibtidoiy jamoa davridan faqat moddiy madaniyat qoldiqlari (turar joy, makon, manzil, mehnat qurollari) saqlangan xolos. Ulardan, asosan, ibtidoiy jamiyat davri hayotini, qisman qad. dunyo va oʻrta ayerlar tarixini tadqiq etishda foydalaniladi.

Ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar (dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik), savdo-sotiq munosabatlari yuzaga kelib rivoj topgan sivilizatsiya davri tarixini oʻrganishda esa yozma manbalar birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Bu davr M. ining soni va sifati kishilik jamiyatining maʼnaviy kamoloti, xususan, yozuv va xatsavodning yuksakligiyu qanchalik tarq-algani va yozma Manbalarning saqlanish holatiga bogʻliq boʻlgan. Shu boisdan bizning davrimizgacha, ayniqsa, qad. yozma manbalar oz saqlangan boʻlsa, keyingi tarixiy davrlar uchun xos hisoblangan tosh, sopol, qayin poʻstlogʻi, pergament va qogʻozga bitilgan, shuningdek, bosma asarlar keng tarqalgan.

Yozma tarixiy Manbalar, shubhasiz, kishilik jamiyatining ijtimoiy va shaxsiy faoliyati natijasida yuzaga kelgan. Manbalar shartli ravishda 8 turkumga boʻlinadi: yozma, ashyoviy, etnografik, lingvistik, toponimik, ogʻzaki (folklor), kino, fono va fotomateriallar. M. ni turkumlarga boʻlish, ularning yuzaga kelishi, tadqiqot qilish, mu-alliflarini aniqlash, haqqoniyligi va toʻlikligini belgilash kabi masalalar bilan manbashunoslik fan i shugʻullanadi.

Ad.: Arsixovskiy A. V., Arxeologiya asoslari, T., 1970; Kabi rov J., Sagdullayev A., Oʻrta Osiyo arxeologiyasi. T., 1990; Ahmedov B., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.

Abdulahad Muhammadjonov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x