IKKILAMCHI OGʻIZLILAR

IKKILAMCHI OGʻIZLILAR (Deute-rostomia) — ikki yonlama simmetriyali hayvonlar (Bilateria) kenja boʻli-mi, birlamchi ogʻizlilarning aksi. Bir xil nazariyalarga qaraganda birlamchi ogʻizlilar va Ikkilamchi ogʻizlilar biri ikkinchisidan mustaqil holda radial simmetriyali hayvonlardan kelib chiqqan, boshqa xil nazariyalarga binoan birlamchi va Ikkilamchi ogʻizlilarning umumiy ajdodi tuban chuvalchanglar (skoletsidlar)ga oʻxshash boʻlgan. Ikkilamchi ogʻizlilar ikkilamchi (selom) tana boʻshligʻiga ega hayvonlar boʻlib, ontogenezda ularning birlamchi ogzi (blastopor) oʻrnida anal teshik vujudga keladi, haqiqiy, yaʼni ikkilamchi ogʻiz esa murtakning old tomonida paydo boʻladi. Mezodermaning birlamchi ichakdan ajralib chiqishi b-n I. o. birlamchi ogʻizlilardan farq qiladi. Tuban Ikkilamchi ogʻizlilarning tuxumi radial yoʻnalishda maydalanadi. Ikkilamchi ogʻizlilarga chalaxordalilar, ignaterililar va xordalilar kiradi. Baʼzan Ikkilamchi ogʻizlilarga kiljagʻlilar ham kiri-tiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x