KISTANOV Igor Timofeyevich

KISTANOV Igor Timofeyevich (1954.21.8, Toshkent) — balet artisti. Oʻzbekiston xalq artisti (1998). Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabini tugatgan (1974). 1974-y. dan Navoiy nomidagi opera va balet teatrida ishlaydi. SezarAntoniy va Kleopatra») uning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Raqs harakatlarida mazmun va badiiy ifodaga alohida eʼtibor qilish, qoʻl va tana harakatlarini toʻgʻri bajarishda raqs tex-nikasini erkin va oson egallash mahorati Kistanov ijodiga xos boʻlib, u spektakllarda, asosan, bosh rollarni ijro etadi.

Eng yaxshi rollari: Qorabotir («Tohir va Zuhra»), Bambur («Afsonalar vodiysida»), Zigfrid («Oqqush koʻli»), Viktor OʻXara («Uzilgan qoʻshiq»), Konrad («Korsar»), Shoh Kir («Toʻmaris»), Nurxonning akasi («Tanavor»), ChingizxonMuhabbat va qilich»), Bazil («Don Kixot»), Mirzo («Sevgi tumori»), Abdurahmon («Raymonda»), Tibalt (Romeo va Julyetta), xon Girey («Boqchasaroy favvorasi») va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x