BISMUTIT

BISMUTIT (vismutit) — vismut oksikarbonati guruhiga oid mineral. Kimyoviy tarkibi Bi2|CO3]O2. Tetragonal sistemada kristallanadi. Kukunsimon massa holida, baʼzan tolalardan tuzilgan poʻstloqsimon boʻladi. Rangi kul rangsimon oqishroq, yashilsariqdan qoʻngʻir va kul ranggacha; qattiqligi 3—3,7; s. ogʻ. 7,4—8,3; oson eriydi. Konlarda vismutin va sof (tugma) vismutning karbonatli eritmalar taʼsirida oksidlanishidan hosil boʻladi. Kvars, topaz, arsenopirit va b. minerallar bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda (Chatqol, Nurota togʻlarida va Qizilqumda), Qozogʻiston, RF (Zabaykalye), Chexiya va Slovakiyada, Germaniya sharqida, Meksika, AQSH va b. mamlakatlarda uchraydi. Bismutit vismut elementi olinadigan muhim xom ashyo.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x