MARIBOR — Sloveniyadagi shahar, Drava daryosi sohilida. Aholisi 114,8 ming kishi (2000). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, qogʻoz, koʻn-poyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Oʻlkashunoslik muzeyi, badiiy galereya bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 16-a. qurilgan qasr, sobor (12 — 16-a. lar), ratusha (16-a.) saqlangan. Shahar yaqinida Drava daryosida GES kaskadi qurilgan. Turizm rivojlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые