ENDOTELIY

ENDOTELIY (endo… va yun. — soʻrgʻich) — hayvonlarda bir qator boʻlib joylashgan yassi hujayralar qavati. Qon va limfa tomirlari, yurak va tana boʻshligʻining ichki yuzasini qoplab turadi. Endoteliy uning ostida joylashgan toʻqimalardan bazal membrana orqali ajralgan. Muskul, oʻpka, markaziy nerv sistemasi kapillyarlari devoridagi uzluksiz Endoteliy hujayraning yuqori darajada tanlab oʻtkazish xususiyatini taʼminlaydi. Bir qancha organlar (mas, buyrak chigali naylari, ichak vorsinkalari, endokrin bezlar) kapillyarlari Endoteliysi hujayralari sitoplazmasida yupqalashgan qismlar (fenestrlar) boʻlishi kapillyarlar devori orqali muayyan moddalar oʻtishini tezlashtirishi mumkin. Uzlukli Endoteliy qon hosil qiluvchi, jigar, buyrak usti bezi va boshqalar organlarning kengaygan kapillyarlari (sinusoidlari) uchun xos; ular orqali yirik molekulalar, har xil zarrachalar, hatto hujayralar oʻtkaziladi. Bu hujayralar fagotsitoz xususiyatiga ega boʻlib, retikulyar endoteliy sistemasiga kiradi. Endoteliy mitotik faol boʻlishi tufayli qon va limfa tomirlari tiklanadi.

Oʻsimliklarda Endoteliy — urugʻkurtakning ichki integumenti boʻlib, murtak xaltasini oʻrab turadi; nutsellius urugʻlangandan soʻng uning oʻrnini Endoteliy egallaydi. Endoteliy bir poʻstli urugʻkurtaklar, shuningdek, gulining tojbarglari qoʻshilib oʻsadigan koʻpchilik oʻsimliklar uchun xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x