ELBRUS

ELBRUS (kabardincha — Oshxomaxo, bolqorcha — Mingitov) — Katta Kavkazning Yon tizma sistemasidagi eng baland togʻ massivi. Granit va kristalli slaneslardan tuzilgan baland sokolda joylashgan va, asosan, andezitdan tashkil topgan soʻngan vulkanning qoʻsh choʻqqili konusi. Gʻarbiy choʻqqining bal. — 5642 m, sharqiysi — 5621 m. Ular bal. 5325 m boʻlgan togʻ beli bilan ajralgan. Elbrusning ustki qismi firn va muzliklar bilan qoplangan. Undan hamma tomonga muz parraklari radial yoʻnalishda tarqalgan. Muzliklarning (umumiy soni 50 dan ziyod) mayd. 134,5 km2. Ulardan eng yiriklari Katta Azav, Irik, Terskoʻl. Elbrus yonida, Baksan daryosining yuqori oqimida koʻchki va sellar lab. i joylashgan. Elbrusning sharqiy choʻqqisi ilk bor (1829-yilda) rus ekspeditsiyasining yoʻl boshlovchisi K. Xashirov (kabardin) tomonidan zabt etilgan, gʻarbiy choʻqqisiga esa F. Grove boshchiligidagi ingliz alpinistlari (yoʻl boshlovchisi bolqor A. Sottayev) chiqishgan (1874-yilda). Togʻ massivi yon bagʻrilaridan Shim. Kavkazning yirik daryolari (Kuban va Terek) boshlanadi. Elbrusga yondashgan hudud alpinizm va togʻ changʻi sporti, turizm markazlaridan biri.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x