KINOKOMEDIYA (kino… va komediya) — kino sanʼati turi. Filmda xarakter, konflikt, vaziyatni tasvirlashda tomoshabinda kulgi qoʻzgʻatish Kinokomediyaning asosiy xususiyatidir. Yumoristik va hajviy jihatlari bir-biriga bogʻliq holda koʻrsatiladi. Kinovodevil, ekssentrik «komik», lirik, maishiy, hajviy, tragikomik, fantastik Kinokomediya janrlari keng tarqalgan. Sirk, karikaturani oʻzida singdirgan ekssentrik «komik» K. 20-a. ning 10—20-y. larida yuzaga kelgan (A. Did, M. Linder, R. Kler — Fransiya; M. Sennet, Ch. Chaplin, B. Kiton, G. Lloyd — AQSH). F. Kapra ovozsiz kino davrida «Bir kunlik xonim», «Mister Dids shaharga koʻchib oʻtmoqda», «Tundagi hodisa» kabi filmlarni ishlab Amerika K. sining rivojlanish davrini boshlab berdi. Keyinchalik A. Blazetti, X. Bardem, J. Bekker, L. Berlanga, G. Krichton, R. Kornelius kabi chet el rej.
lari jamiyatdagi mavjud nuqsonlarga qarshi K. lar («Millioner Neapol», «Tramvay oʻgʻirlandi», «Dadam, oyim, xizmatkor qiz va men» va b.) yaratdilar.
Ya. Protazanovning «Nasriddin Buxoroda» (1943) filmi — birinchi oʻzbek Kinokomediya si. «Nasriddinningsarguzashtlari» (rej. N. Gʻaniyev), «Mahallada duv-duv gap» (Sh. Abbosov), «Kelinlar qoʻzgʻoloni», «Maysaraning ishi», «Chimildiq» (M. Abzalov), «Sharif va Maʼrif», «Temir erkak» (I. Ergashev), «Bomba» (3. Musokrv), «Masxaraboz» (Sh. Boshbekov) va b. eng yaxshi oʻzbek Kinokomediya laridir. R. Pirmuhamedov, R. Hamroyev, N. Rax. imov, H. Umarov, S. Xoʻjayev. B. Ixtiyorov, H. Sharipov, O. Asomov, M. Xolmedov va b. ning oʻzbek Kinokomediyasi rivojida hissalari katta. Zamonaviy rej. lar izlanishi natijasida Kinokomediya unsurlari kinoning boshqa janrlariga ham singib bormoqda.