SHUAYB

SHUAYB — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Arabistonlik 4 paygʻambardan (Hud, Solih, Muhammad bilan birga) biri. Shuayb oʻz qavmini fasohatli usullar bilan imonga daʼvat etganligidan «paygʻambarlar xatibi» deb nom olgan. Shuayb va uning qavmi Arabiston ya. o. ning Qizil dengiz qirgʻogʻidagi Madyon degan joyda yashab oʻtgan. Bu qavm, asosan, savdosotiq bilan shugʻullangan. Ular Allohga ibodat qilish oʻrniga turli ilohlarga sigʻinadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qoʻygan, bu yoʻlda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida toshtarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Shuayb oʻz qavmini savdoda halollikka, kishilar haqiga xiyonat qilmaslikka daʼvat eta boshladi. Shuaybning nasihatlariga koʻnmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qurʼonda paygʻambarlarga boʻysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi (7: 8587; 11: 87—90).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x