SHTAUDINGER

SHTAUDINGER German (1881.23.3, Vormse — 1965.8.9, Freyburg) — nemis kimyogari. Galledagi untda falsafa d-ri (1903). Strasburg untida ishlagan (190307). Karlsrue (190812) va Syurix (1912—26)dagi Oliy texnika maktabi prof. Freyburgdagi yuqori molekulyar birikmalar instituti direktori (1940—51), faxriy direktori (1951-yildan). Asosiy ilmiy ishlari polimerlar kimyosiga oid. Ketenlarning birinchi vakili — difenilketenni sintez qilgan (1905). Diazoniy birikmalari asosida episulfonlar olish reaksiyasini kashf etgan (1916). Moychechak gulidan piretrinni ajratib olgan (1924), polivinil spirt olgan (1926). Makromolekulalarning zanjirli tuzilish nazariyasini ishlab chiqqan (1922). Uch oʻlchamli polimerlanish reaksiyasini ochgan (1934). Nobel mukofoti laureati (1953).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x