YARIM KECHA

YARIM KECHA, yarim tun — Yerdagi muayyan bir joy uchun haqiqiy yoki oʻrtacha Quyosh markazi pastki kulminatsiyada (ufqdan eng pastda) boʻladigan vaqt. Haqiqiy Quyoshning meridiandan oʻtishida haqiqiy Yarim kecha, oʻrta Quyoshning meridiandan oʻtishida oʻrtacha Yarim kecha yuz beradi. Yarim kechaning kirish vaqti joyning geografik uzunligiga bogʻliq boʻladi: har 15° dan keyin Yarim kecha 1 soatkeyinroqkiradi. Odatda, Yarim kecha soat 2400 da kiradi va kalendaraa kun oʻzgaradi. Fuqaro vaqti shu paytdan hisoblanadi (q. Vaqt). Dunyo vaqti hisoblay boshlanadigan Grinvich meridianining oʻrtacha Yarim kecha uchun maʼlumotlar astronomik yilnomalarda beriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x