NEMAN

NEMAN (litovcha Nyamunas) — Belorussiya, Litvadagi daryo (qisman RFning Kaliningrad viloyati hududidan oqadi). Uz. 937 km, havzasining mayd. 98200 km2. Minsk qirlarining jan. dan boshlanadi. Boltiq dengizining Kurshskiy qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Neman quyi qismida ikki tarmoqqa boʻlinadi: Rusne (asosiy) va Giliya. Neman havzasida kichik koʻllar koʻl. Krr, quyi qismida yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sar-fi 678 m3/sek. Dek. da muzlaydi. Mart oxirida, ayrim vaqtda fev. yoki apr,da muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: oʻngdan — Berezina, Myarkis, Nyaris, Nyavejis, Dubisa, Yura, Mi-niya; chapdan — Shchara, Shyashupe. Bir-shtonasdan quyilish joyigacha muntazam ravishda kema qatnaydi. Yogʻoch oqiziladi. Nemanda Kaunas, Grodno, Druskininkay, Alitus, Prenay, Birshtonas, Yurbarkas kabi shaharlar joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x