NEYEL

NEYEL (Neel) Lui Ejen Feliks (1904.22.11, Lion – 1970) – fransuz fizigi, Fransiya FA aʼzosi (1953-y. dan). Strasburg (1937-y. dan) va Grenobl (1945-y. dan) un-tlari prof. Yadro tadqiqotlari markazi direktori (1956—71), Grenobl politexnika in-ti prezidenti (1971-y. dan). Ilmiy ishlari magnetizm nazariyasiga oid. Xususan, antiferromagnetiklarning mavjudligi toʻgʻrisidagi farazni aytdi (L. D. Landautn mustaqil tarzda; 1932), ferromagnetizm nazariyasini ishlab chikdi qamda ferritlarning kuchli magnetizm xususiyatiga ega ekanligini tu-shuntirib berdi, oʻta paramagnetizm hodisasini kashf etdi. Neyel antiferromagnetiklarning maʼlum t-radan yuqori t-rada oʻziga xos magnit xususiyatlarini yoʻqotishni topdi. Bu t-ra uning nomi bilan ataladi (q. Neyel nuqtasi). Nobel mukofoti laureati (1970).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x